WWW.UZ-BOYS.UCOZ.COM Четверг, 28.03.2024, 19:07
Главная | Регистрация | Вход Приветствую Вас Гость | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Фильмы
Uzbek Film
Индийские фильмы
Сериал
Концерты
ТВ-передачи
Клипы
Uzbek mp3
Musics/Mp3
CHAT
Программы
Ko'chirib Olish
For mobile
Мультфильмы
Hi-Tech
Foydali Maslahatlar
Books/Kitoblar
Jahon Tillari
She'rlar/Verses
Новости
Обои
Юмор
Авто
Дизайн
Онлайн игры
Игры
RADIO
Спорт
Oshxona
JCH 2010/ЧМ 2010
Har-Xil
Savol/Javob
Ish/Работа
Bepul sms




Статистика

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0
Форма входа

ONLINE VIDEO
ONLINE AUDIO
Главная » 2012 » Февраль » 23 » Men sevmaymanku! (Hikoya)
12:25
Men sevmaymanku! (Hikoya)
Men sevmaymanku! (Hikoya) Hizmat safari bilan 1 yilga uydan uzoqroqda ishlashga majbur bo'ldim. Chekka bir qishloqda bir obektni qo'riqlardik. Ish joyimizdan yoshlarni ko'proq yuborishardi. Men u payt endi 19 ga kirgan edim. Ish og'ir emasdi. Oxranalik menga yoqar edi. Oyligi yahshi, ovqat, kiyim bor. 1 yil chidab bersa keyin qaytib kelib yana o'z joyimizda ishlar edik. Bunaqa yahshi sharoitga kim ham norozi bo'lardi. shunday qilib bizni cho'lga qoq cho'lga yuborishdi. Faqat o'zimizni guruhimiz bor. Kunduz kuni kimdir kelishi mumkin (mahalliy aholi) kechasi hech kim bo'lmaydi. Faqat o'zimizni bolalar. U payt telefonlar endi rivojlanayotgan edi. Hammada ham telefon bo'lmas edi. Uni ustiga biz turgan joyda antena yahshi chiqmas edi. Bizdan oldin kelganlar zerikkanidan telefon ovolishgan edi. Bu yerga har oy yengi xizmatchilar kelishardi. Man o'zimda telefonga extiyoj sezmadim. Shu yerdagi bolalardan telefonini olib uy bilan gaplashardim bo'ldi. Shu zailda kunllar o'taverdi. Guruhdagilar bilan aka ukadek bo'lib ketgan edik. Guruhda bir mandan yoshi kattaroq Sherali aka ham bor edi. U telefondan bo'shamasdi. Har kuni telefon qulog'iga yopishib qolgandek gaplashardi. Man uni o'zini sevgilisi bilan gaplashsa kerak deb o'ylardim. Bir kun so'radim u kim ekan bu odamni o'ziga shunchalar mahliyo aylagan. U shu yerlik mahalliy qizlardan ismi Lobar dedi. Yoshi endi 17 ga kirgan dedi. Man undan qanday qilib tanishgansiz deb so'radim. U uni ko'rmaganligini. Bizdan oldin keganlardan biri nomerini berib tanishtirib ketganligini aytdi. Man hayron bo'ldim. nima u avtomat otvetchikmi? Hohlagan bilan gaplashib ketaveradi. Undan keyin u tashlab ketgan bola o'zi uyga qatgandan keyin gaplashsa bo'lmaydimi. Yoki shunchalik vaqt o'tkazishga gaplashib yurgan ekanmi? Bilmadimu nimagadir manam Sherali akaga ketayotganizda shu qiz bilan tanishtirib ketarsiz dedim. Buni o'zim bilmagan xolda aytib yubordim. U o'ylab o'tirmasdan hop dedi. (Mandan boshqalarga ham hop degan ekan). U 1 yil muddati tugab ketti. Nomerni mangamas sherigim Sobirga tashlab ketibdi. Boshida rosa hafa bo'ldim. Keyin baribir manda telefon yo'qku dib hamiyat bermadim. Bir kuni uyga tel qilsam. bir qo'shnim hm shu ishga joylashib shu yerga kelayotgan ekan. Man undan telefon olib keliushini iltimos qildim. U hop deb 2 haftada telefon olib keldi. Bu payt sherigim bratanni qizchasi bilan tanishib opoq chapoq bo'lib ketgan edi. Soat ey yo'g'e sutklab to'xtamasdan gaplashardi. Yana faqat u bilan emas yana 3-4 ta zapaslari ham borakan. hammasi bilan qanday qilib gaplkashishga ulgurarkan hayronman. Bir kun to'sattan telefoni yoqolib qoldi. Hama yoqni qidirdik lekin topilmadi. qidirmagan joyimiz qolmadi. Lekin yo'q. U judda qiynaldi endi gaplashadiganlari uni, u ularni so'g'inib qlgandirda. Undan bundan tel olib gaplashib turadigan bo'ldi. Mani telefonimdan hali foydalamagan edi. (Boshqalar pul to'lab foydalanib turishardi. Obshi tel bo'b ketudi mani telefonim.) Sobir o'ta hazilkash bo'lgani uchunmi bilmadim, Sherali akani qizchasini ustidan rosa kulardi, hazillashardi, teli yoqolgandan keyin u bularni raqamini berib mani ham nomerimni bervoribdi. Man shu nomerni ishlatvomman dib. Hamma mani telefonimdan foydalangani uchun hamma guruhimizdagilarni qizlaridan kelgan SMS larni birinchi man o'qirdim. Keyin borib suyinchisini olardim. Sevgan qizidan kelgan SMS ga ichi yonib turgan bola qanday qilib so'yinchi atamiydi. (SherigimSobirdan boshqa). Bir kuni Sherali akani qizchasidan sms kelib qoldi. Sobirning nomiga. Borib etsam Ey o'zin javob beraver. Man urishib qoldim, manga kerakmas didi. hayron bo'ldim. Smsda urishilganlik alomatlari yo'q edi. Nu mayli didim. Nomidan emas o'zimni nomidan bu mani telefonim deb sms yozdim. Javob keldi. Uzr yana nimalardir. javob yozdim. Yana javob. Tushunmadim. 2 kundan keyin yana sms yozdi. Manam mayli zerikib o'tirgandan ko'ra og'iz chigilini yozib o'tiri barmoqlar ham qiynalib ketdi deb sms yozdim. sherigimga farqi yo'q. Qutilganiga hursand. Keyin sms bazmi boshlandi. Lekin tel qimasdim. Oldin bir birimizni yahshi bilib oliylik derdim. Bu uzoqga cho'zilmadi. qo'lim qichib tel qivordim. 1 gaplashishda 1 soat. Keyin yana 30 min. shunaqilib Sherali akani kuni boshimga keldi. soatlab, sutkalab.... Zerikkandan keyin odam ko'rmagandan keyin (cho'ldamiz) Gap o'zidan o'zi quyilib kelverar ekan. bilmadimu ko'chani tilida "o'rash" derdi. Man uni o'radimmi yoki u mani. Muhimi gaplashar edik. Endi mani qulog'imga tel yopishib qolgan edi. Telni hech kimga oldingdagidek surunkali bermaydigan bo'ldim. (Tel sho'tiga vaqtida pul to'lashmadi va qarzga kirganda to'lashmadi, o'zim to'lab, o'zim ishlatdim. Alam qisin didim). Qizg'anchiq, qisar yana bir nimalar diyishdi. Manga baribir edi. Har kuni har hil mavzuda gaplashardim. U unchalik ham emasu asosan man gapirardim. U bir bir man etsamn gapirardi. Qizig'i man uni u mani umuman ko'rmagan edik. Yolg'on bo'lmasinu bratanda uni rasmi bo'ardi ushani oldin ko'rgandim. Bir marta kemoqchi bo'lganda kemagin dib etgandim. Ushnaga ko'rgani ham kelmasdi. shu zailda oylar o'tdi u mansiz yashay olmasdi, men u siz yashay olardim,(nega u siz yashay olmasligim kerak, u man uchun hich kim. nu do'stim. U mani kim dib o'ylashini bilmadim hozircha) Bir soat telefon qilmasam. havotir olib qolardi. Shunaqangi o'rgnib qolgan ediki.... So'z bilan tariflash qiyin. Bu orada mani cho'ldagi ish vaqtim yani bir yilim oxirlab qolmoqda edi. 2 qism Kunlar shu zaildas o’tib boraverar edi. Man faqat vaqt o’tkazish uchun gaplashardim, u nima uchun gaplashardi bu manga qorong’u edi. Shu yerda anchadan beri ishlaydigan boshliqlar: Bu yerni qizlarini maqsadi bitta bu yerdan ketish. Shu cho’ldan ketish. Shunga extiyot bo’llaring, Ja surunkasiga gaplashvosanlar. Yana uchrashib bir narsa qilib qo’yib, ota onaeni oldida izza bo’lib yurmalaring. Eslaringdami sanlar kelishinda bittasi olib ketudi (Eshitgan edik. Bir vodiylik bola shu yerda yashovchi qo’pol qilib aytganda fohishani sevib qolgan, sherigi bilan birga borib dam olib kelishgan, yana qancha erkaklarga xizmat ko’rsatgan bu fohisha man buni bilmadim. Kelib shu fohishaga uylanib ketdi.) Ushani kuni boshinga tushmasin yana. (Etishlaricha mehmonga borganda "Cola”ga o’zini narsasini qo’shib bergan ekan. Shunda u qattiq sevib qolar ekan, uni o’qitsa ham, davolatsa ham bo’lmas ekan, kak chto Majnundek sevarkan). Bilasanlara har holda katta bolasanlar. Yana bizani parot qib qo’ymalaring – dib aytishardi. Bu qanchalik rost yoki yolg’on lekin bu xaqiqat ei. Man shunga unga uchrashmaymiz der edim (Nima foydasi bor, uni kimligini bilmasam, qanaqa u, mandan nima kutvoti, yana yor-yor bo’b qomiy didimde). Tinchkina telefonda laqillab yurvurdim. U manga qanday qilib bog’lanib qolgnini ham sezmay qoldim, bu yaqin oradi bir dugonasi (o’zini etishi bo’yicha dugonasi emas emish), kelib yo’qlab ketdi. (Boshqa sherigim Shuhrat bilan telda sevishardilar). Sherigim Shuhratni ko’rdiku og’zi ochilib orqaga surib qoldi (Sherigim qop qora edi (negrga o’xshab)) Baribir orqaga qaytib gaplashdi, keyin tel doirasini ko’tarib chiqib ketdi. Aniq borib ko’rganlarini mani teldagi "avtomat javob beruvchim” Lobarga hammasini aytgan. Endi telda gaplashsam uni ichi qizidide. Nega uni ko’rgani chiqdiz, chiqmasligiz kerak edi dirdi. Man unga gapidan rashk hidi kevotganini etsam tan ogisi kemasdi. Keyin manga "dugonasini” yomonlab ketdi. Uni etishi bo’yicha zaminitelniy yengi fohishalardan ekan. Narhi ham osmonmasakanu, nu tanishib bolalani shilarkanlar. Man hayron qoldim kimlar bilan gaplashvomman o’zi. Kelib qolgan joyim qanaqa joy. Chekka joyda iboli hayoli qizlar, ayollar bo’ladi desam hato o’ylagan ekanmanmi bilamdim. Shaharda bunchalik emas. Mahaliy aholini bolalari ham bir go’r. Qizlani ko’rsa og’zidan chelaklab suv oqadi, ko’rgan qizini hafa bo’lishmasinu nonga o’rasa it qaramaydi. Hullas hafsalam pir bo’ldi. Kegan joyimga ham, ishimga ham afsuslandim. Qanidi uyga ishini tashlab ketvorsamu diyman kelajak shunaga qarab qoganda. Sheriklarim shu vaqt ichida shaharchaga qatnab kelishardi o’zlaricha dam ogani. Borgan ayoli ham kampirlar qatori ekan. Lekin hursand, ey bu kunindan o’lganlaring yahshidi didim. Qani yigitlik g’ururi. Bulada u nima qiladi. Vijdon, g’urur, or nomusini qo’shib qishda pechkaga tiqib yoqvorgan. Mayli ular o’z yo’liga. Telefondagi "muhabatim” (hamma shunaqa o’ylardi) man qachon tel qilsam ham javob berar edi. Tun bo’lsin soat 26-87 bo’lsin farqi yo’q man uchun hamma vaqt shirin uyqusidan kechib, uyg’onishga tayyor o’zlaricha "farishta” (balki rostanam shunaqadir, yani yahshi qizdir, mahalasidagilardan so’raganimda eng yahshi qizlardan deb reklama qilishudi (eng yahshisi shu bo’lsa)) misoli kapalak. Yana bitta kichik sir bitta Ahmad degan sherigim ham shu qiz bilan gaplashardi, 2-3 tasi desa ham bo’laveradi, yana otkravrenni yashirmasdan gaplashamiz, birga trio ko’rinishda ham gaplashamiz, yana mani telimdan gaplashamiz. Bunisi qale. Aqilga sig’maydigan narsalar. Yana atilatan kimni yahshi ko’ras o’zi dib qo’yaman. U manga mani, Ahmandga Ahmadni, ikkalamiz bo’lsak ikkalamizni etadi (buni nima deb o’lash mumkun). Yana Ahmad ham mandan uni rashk qilib hozir mani yahshi ko’rishi etdi dib qo’yadi. Tavba man unga yahshi ko’raman dibmanmi. Bo’sa faqat do’stlik bo’lishi mumkun boshqa narsa emas. U qizni bir narsa qiynardi. Man ketsam u yana yolg’iz qolardi, shuni o’ylab ich etini yirdi. Qiynalib kul ham bo’lardi, kerak bo’lsa yig’lardi. Rahimlarim kelib ketardi. Oxirgi suhbatimda esa ho’ng ho’ng yig’lab adoiy tamom bo’ldi. Man u bilan hayrlashayotgan edim. Ertaga ketaman bo’ldi dedim, u bu kunni kelishini bilardi, manga qanchalik o’rgan bilmadimu, lekin hiqilab yig’lardi, man uni yupatishga harakat qilardim. Har narsani adosi bo’ladi derdim, u nega shunchalar tez, bunaqa bo’lishi kerakmasdi derdi. Man qanday qilib uni yupata olishni bilmasdim. Bo’ldi ertaga ketaman. Bugun bu yerdagi oxirgi kecham. Ertalab sizga tel qilamanmi yo’qmi bilmayman dirdin u battar yig’lardi. Ahmoq bo’lmasa uyga borgandan keyin ham tel qilishim mumkinligini bilardiku. Man ketgani ketmayapmanu. Endi u bilan hamma hayr dib ketib qogande. Anu Sherali bratan ham aytudi ketishidan oldin, rosa yig’ladi dib. Man bilan ham yig’lab hayrlashdi, man unga man tanishlarni hech qachon unitmayman. Man har doim siz bilan deb hayirlashdim. Ertasi kuni uyga qatdim va eson omon yetib keldim deb tanish raqamga sms yozvordim. 3 qism Uydaman. 2 kundan hamma yerni aylanib keldim. O’qigan kollejimga ham borib keldim. O’tda bir qizni yoqtirardim. Ismi Zarina. Mandan 2 ta past kursda o’qirdi. Bitirganimdan keyin netda gaplashib turardik. Ketishimdan oldin gaplashganimda telefon olganini aytuvdi. Undan raqamini berishini so’raganimda, hop deb etudi. Keyin ketganimdan keyin yuboribdi. Ish joyimda yani cho’lda internet bo’lmagani uchun topa olmagandim. Endi tel qisam o’chiq, Nimagadir sms ham ketmayapti. @ maildan raqami yuborilganga ham 1 yil bo’libdi. U yoqda net bo’lmagani yomon bo’ldida. Ketishimdan oldin yozgan hatimga javob qaytib javob yozganida man uje o’tda edim. Raqamini bilib olganimda telda gaplashib turardim. Ex shunday zo’r qiz ediya, manga yoqardi. U bilan gaplashish zo’r edi. Hech qachon zeriktirmas edi. Uje kollejni ham bitirib bo’libdi. Qattan topaman endi. Pochtasiga xat yozaman. Man keldim dib. Ungacha "Avtomat otvetchik”Lobardan habar olamiz. Eski raqamni teraman 0000000 topolmay yo’q bo’l. Mana gudok ketdi. - Allo - Iya sizmisiz - Ha albatta kutmaganmidiz - To’g’risi yo’q. Men sizni yo’q bo’lib ketasiz deb o’ylagandim. - Man sizga etgandimku, tanishlarni unutmayman dib. Esizdan chiqardizmi? - Yo’q nega man shunchaki.... (manimcha hamma tashlab ketardi siz ham tashab ketdiz dib o’yladim dimoqchi edi) - Xo’sh xo’sh. Nima shunchaki? - Aldayapsiz deb o’ylagandim. - Nima sizni biror marta ayldaganmidim. - Yo’q. - Nega bo’masa bunaqa bo’mag’ur fikr boshizda polaponini oldirib qo’ygan olaqanotga o’xshab charx urvotti? - Yo’q shunchaki etdimda. Ha aytgancha eson omon yetib oldizmi? So’ramabmanam. - Yetib keldik. So’ramasangiz ham. Ertaga so’rardingiz. Hali vaqtli edi. Bekor qilibsizde. - Darrov hafa bo’ldingizmi? - Nima sizdanmi? Hich qachon. Hafa bo’lib zarilmi (siz bunga arzimisiz dimoqchidim) - Nimaaaa? - Man sizga ishonaman. Shunga hafa bo’miman. - Shunaqa diyngda. - Nu kaneshna. (hayriyat) - Bo’pti man kechro tel qilaman. - Nimaga hozir shoshyapsizmi? - Yo’q shoshishvoti. - Kim? - Kotta xolamni qo’shnisini o’rtog’inni kenayisini kuchigini ho’jaynini ammasini buzog’ini onasini sog’adigan ayolni erini ukasini ishhonadagi sherigini o’g’lini o’rtog’ini yuradigan qizi. - ? - Tushundizmi? Ko’rishguncha. - A-aa (uje telni qizilini bosib bo’ldim gapi ichida qolib ketdi) Oradan 1-2 oy o’tgan bo’lsada pochtamga hali Zarinadan xat kemadi. Nima bo’ganikan. Erga tegib ketimikan. Umuman javob kemayapti. Usha qiz baribir manga yoqardide, ochki taqib yurardi. Usha ochkisi bilan go’zal edi. Mayli javob kemasa unutamiz. Adresini ham bilmasam. Kollejdigilar berishmadi ham. Yer dumaloq bir kun ko’risharman. "Avtomat otvetchik” Lobar bilan har zamon gaplashib turardim. Lekin oldingidek ko’p emas. Chunki man uyimda zerikmiyapman. Ko’chaga chiqsam qizlar ko’p. Cho’lda yurganda qizlarni ko’rganda ko’zlarimiz yashnab ketardi. Hozir usha qizlani ko’rsam umuman reaksiya bo’lmasa kerak. Oxranada turganimda bitta opoqi keludi. Keyin oldimdagi soya joyga betonni ustiga o’tirdi. (o’zi mani oldimda o’tirish mumkin emasdi, ko’nglim bo’shlik qilib, keyin o’zbekchilik, boshqa soya joy yo’q.) Manimcha yoshi taxminan 40 lar chamasi edi, lekin endi 30 ga chiqibdi. (o’zidan so’raganimda etdi). Ko’rinishidan umuman o’xshamasdi. Dala ishlaridanmi qorayib ketgan yoki tug’ma. Ustida oddiy ko’ylak. (o’zi o’tda 1 yil yurgan bo’lsam 10 taga yaqin modniy kiyingan qizni ko’rdim.) Oldiga yaqinlashganimda ter hidi sal kelib turardi (bu oddiy hol edi, suv kam. Ichishga yo’qku yuvinishga qayerda. O’zimdan ham ter hidi kelardi. Endi quyosh issig’ida ter hidi kemasdan fransuz atirini hidi kesinmi?). Boshiga romolni orqasidan qilib o’rab olgan. Man indamasdan temirga suyanib turvurdim. Bir payt gap boshlab qoldilar. Siz qayerdansiz dip. Manmi? Man Toshkentdan. Nimagedi? - Shunchaki so’radimda? Bu yerda nima ish qilasizlar? - Bunaqa gaplar begonalarga etilmidi - Man begonamasman. Silani yahshi bilmasam ham. - O’zi kimsiz nega bu yerda o’tiribsiz. - Men hozir ketaman. Taksi kelishi kerak edi. (Yonimizga taksilar birovga kelib ketar edi) Man eng chekka qishloqni eng chekka uyida turaman. - Hop - Bu yerga bir ish bilan keluvdim. Ishim bitmadi ushanga endi qaytib ketvomman. - Hamma ham biz bilan ishini bitira olmaydi - Endi nima ham qilardim? - O’ziz nima ish qilasiz? - Menmi? Men uyda o’tiraman. 3 ta bolam bor. Kichkinasi 8 oylik bo’ldi. Erim yo’q. - I nega eriz yo’q? - Ajrashganman. - Nega ajrashasiz? - U ketib qoldi. Men ajrashmoqchi emasdim. Yana 10 daqiqa gaplashib turdim. Har ikki gapini birida eri bilan ajrashganini etvurardi. Erim ketib qoldi. Erim yo’q. Yahshi ham bir marta so’rabman. Shunda oldimizga 1 ta 28 yoshlar atrofidagi bola kelib mandan bir kishi haqida so’radi. Man u hali chiqmaganini etdim. Keyin u ham chetga betonni ustiga kutib turish uchun o’tirdi. Uyam suhbatimizga qo’shilib ketdi (bu payt boyagi ayol eri yo’qligini unga ham etishga ulgurdi). U yodan buyodan olib gapirib kuldirib o’tirdi, rosa gapga usta bolekan, gaplarini hayotni ko’rib qo’yganligi bilinib turardi. Betonda o’tirgan ayol ham ancha bemol bo’lib qoldi. Man tirjayib turvurardim. Keyin taksi keldi. (bizani taksilarimizni narxi baland edi. Bu ayolga yoqmadi. Taksis ham majburlab boshqa moshina kemidi dib olib ketdi. Man ketganiga hursand bo’ldim). Ayol taksiga chiqib man va boyagi bola bilan quyuq hayirlashib ketdi. Bu ayol nimaga keldi nimaga ketdi tushunmasdim. Kutayotgan bola betonga o’rnashibroq o’tirib oldi keyin gapni boshladi: - Ex taksi kemaganda. Bekor olib ketib qoldida. - Nimaga unaqa divos? - Nima hich narsani tushunmadingmi? - Yo’q nega ish bilan keganakan, ishi bitmabdi keyin taksi kutib ketdi. - Ey rosa ham sodda ekansanku. Uni ishi bu yerda yo’q. U nima hohlayotgannini tushumadingmi? - Yo’q. Mandan sho’tta ozgina o’tirishga ruhsat so’radi. Man hop didim. Keyin zerikib turganimga gaplashdim. - Nechi marta erim yo’q didi man kemasimdan oldin? - Bilmadim ko’p etdi. - Ana. Kallenga yetib boryaptimi? - Nima yetib borvottimi? - Uffff! Qanday bola ekansana? Bolasini 8 oylik dedimi? Dedi. Eri 8 oylik bola bilan tashlab ketmasa kerak. Tushundingmi? U erini bolasi emas. - Unda sizni bolezmi? - O’zi ham bilmasa kerak kimdanligini! HaHaHaHa - Yengilte ayol dimoqchimisiz? - Ja unchalikmasu. lekin eri yo’q bo’lganidan keyin. Baribir erini sog’inadi. Topomagandan keyin boshqasini qidiradi. O’zini qishlog’idan topsa gap so’z ushanga uzoqrodan qidiradi. - Bizani nima aloqamiz bor unga? - San qayerdansan? Bu yerdan emassan. Ertaga ketasan. Gap so’z bo’midi. Manimcha bu qidirgani sanlardan oldin keganlardan biri bo’lishi mukun. Umid qilib kegan lekin u yo’q. Keyin seni o’ramoqchi bo’ldi. Sen esa hali go’dak kalang bilan u nima hohlayotganini tushunmading. - Nima man u bilan "bo’lishim” kerakmidi? - Hohlasang. Lekin u hohlayotgandi. Erim yo’q digandanam tushunsang bo’lardi. Narmalni ayol birinchi ko’rgan erkagiga erim yo’q deb aytmidi. Yoki san so’raganmidin eriz bormi dib? - Yo’q so’ramadim. - Tushundingmi maqsadi nima ekanligini? Bunaqala bilan gaplashaverib profisional bo’lib ketganman. Ayollarni bitta qarashidan qanday ekanini bilib olaman. - Tushunganim bilan man u bilan bo’lishni hohlamasdim. Uni ustiga ish payti. - Ey ukam sevgi, ish, joy, yosh tanlamidi. Mana butkangni ichi ham bo’laverardi. Sal torroqku, lekin bo’laverardi. Mana bu yerga o’tirarding. U o’zi senga o’z professionaligini namoyish qilardi. Sendan u faqat davay diyishini kutudi. Davay diganingda o’zi bo’yninga osilib ichkariga olib kirib ketardi. - Qo’ysezchi! - Nima hich tatib ko’rmaganmisan? - Yo’q bu gunohku! - Ukam men sendan kattaman. Demak o’rgatsam bo’ladi. Beva ayollar bilan bo’lish gunoh emas. U o’zi hohlayaptiku. Sanga nabarot gunoh yozildi hozir uni istagini qondirmaganingga. Qondirganingda unga yozilardi. Mabodo domla emasmisiz? - Yo’q. Bilaman, eshitganman. Manga ham shunaqa diyishgan. - Ular narigi dunyoga borib kelishganmi? - Kim borib kelibdi u yoqga? Agar taksi kemaganda, u ko’nganda senga men tomosha qo’yib berardim. Ko’nishi aniq edi uni. O’zi sal bo’lsa ham qizlarga qiziqasanmi? Yoki reaksiayang yo’qmi. Yani... - Qizlar bilan gaplashib turaman. - Ha malades erkak. Men seni qizlardan farqing yo’g’akan digan fikrga borayotgan edim (shunda gaplashmasam dugonalarim mandan hafa bo’lib qolishadiku-dib hazilashmoqchi bo’ldimu lekin bu hazil ko’taradimi yo’qmi bilmadimde) - Yo’ nega? Mana sho’ttan ham bitta qiz borakan. Usha bilan gaplashib turaman. - Men bu yerdagilarni uncha tanimayman. Man taniganlarim boshqa yerlarda butun yer sharida. Bu yerda qarindoshlar ko’p ushnga men bu yerda sayohat qimiman. Ukam boru sandeligimda 14 yoshdan 41 yoshigacha bo’lib chiqganman. Hoziram yomonmasu. Endi ekologiya diganlaride. Bitta xotinimni zo’rg’a eplayapman. Lekin hali quvvatim bor. Ushanga yoshlikda o’ynab olish kerak. - Man gunohga qo’l urmiman. - Senga boya nima dedim? - 14 yoshlik ham beva edimi? - .... - Uni ham eri tashlab ketgandimi? - Endi ukam sendekligimda yosh edim. Keyin uni o’zi ham hohlagan. Pulini berganman. - Fohisha edimi? - MMMMM. Ha shunaqa disa ham bo’ladi. Rus millatidan edi. Meni sevib qolgandi. - Fohishlarni sevgisiga ishonasmi? - Menga buni farqi yo’q. Qaytanga yaxshiroq yopishadi. - U siznimas pulingizni sevgan bo’lishi mumkin. Keyin baribir hohlasa hohlamasa zino hisoblanadi. Manga ishonvuring. Orqadan u kutayotgan tanishi chiqib keldi va manga qarab anu ayol kelsa yo’q dib parot qimagin dib ketdi. Mani bir jahlim chiqsa bir kulgim qistardi. Sherklarim ham uni ko’rib turishgan ekan uzoqdan. Etsam hammasini jahli chiqib ketdi. Nega sanga shunaqalar uchraydi bizaga uchramaydi dib. Hozir o’sha ayol kesa vobshe qarashmasa kerak. Ko’ziga 1 yil ayol ko’rinmasa hamma kamchilkilari ko’pchilik bo’lib ko’rinarkanmi? Bilmadim. Telefonimga qarab soatni necha bo’lgani bildim. Keyin "avtomat otvetchik” Lobarga sms yozvordim. U sms o’rniga tel qildi. Shunaqangi hursand bo’lib gaplashardiki. Og’zi to’lib ketgan edi shirin so’zlarga. Ora orada dugonasini yomonlab qo’yadi. Man tel qiganimni unga etganakan, dugonasini ichi yonibi 4 pajarniy ham ichini o’chira olmabdi. Nimagadir shu payt hozir o’ylagan narsalarim yana esimga tusha boshladi. U mandan nima kutvoti. Nega boshqalar bilan kam gaplashvoti (sherigim tel qisa olmabdi, keyin og’iz uchida gaplashibdi). Manga uni maqsadi qiziq edi. 4 qism Uyga keganimga 2 oy ham bo’lib qolgan edi. Lobar har kuni tel qiladi. Har kuni sms yozadi. G’irt bekorchi ekande dib qolaman. Nima qiladigan ishi yo’qmi? Bilmadim. Kunlarni birida telda gaplashvotganimda Vodiyga qarindoshlarinikiga ketvotgni etdi. Yo’lda cherez Toshkent o’tib ketishini hohlasam stoyankada chiqb ko’rishishim mumkunligini etdi. Man hop didim. U 3 kundan keyin kelishini yana etib o’tdi, man yan hop didim. Bu orada telda kamro gaplashdim ishlarim ko’payib vaqtim yetmayotgan edi. 3 kun ham keldi. Lekin u Toshkentga kelganida tel qimadi. Ertalab kelaman dib vada bergandi. O’zimtelefon qisam u o’tib ketganini etib, manga bergan va’dasini buzdi. (Man chiqaman dib ko’zlarim qaldirg’och bo’lib uchib turganiyam yo’q edi. Shunchaki u mani ko’rgisi kelardi. Ushanda kelib bir marta ko’rmaganiga afsuslanardi.) Man indamadim, keyin mani ham vaqtim yo’qligini etib sal ham yengil tortim. Keyin tel qimadim boshqa. Kechki paytga yaqin vodiylik sherigim Shuhrat telefon qilib qoldi. Anchadan beri telefon qimayapgan edi. Nima telefon qilishiga turtki bo’libdi dib: – Allo – G’oppor qalesan. Ishlaring bo’lyaptimi – Rahmat yahshi. Shurik o’zini ishlaring qale. – Bo’yapti. Qayerdasan? – Ishdaman. – Topchi kim keldi bugun oldimga? – Man bormaganimni bilaman. – Ey hazilashmaginde tezroq top. – Nima sanga folvinlikka o’qibmanmi? – Topomadingmi? – Yo’q. – Lobar keldi. Mana hzoir oldimda turibdi. – Nima qilibdi oldingda turgan bo’lsa? – Sen bilan ko’rishmabdiku Toshkentda. – Man u bilan ko’rishmadim to’g’rirog’i. – Ma gaplashasanmi? (Lobarga G’oppor deb telefonni uzatdi. Lobar ham o’zini rosa olib, ensalarini qotirib, KIM? Dib so’rab keyin HA didide oldi) – G’oppor qalesiz? – Rahmat. Hozir shuhratga etdim qanaqaligimni. – Nima mendan hafa bo’ldizmi? – Yo’q nega hafa bo’laman. (Shunchaki hayron bo’ldim, u vodiyda Shuhrat bilan uchrashishi hayolimga ham kelmagandi.) Sizdan hafa bo’gani vaqt yo’q, yo’g’e asos yo’q. – Ha. – Shuhratni ko’rizmi? Qanaqa ekan? Huddiy man tariflagandek burni katta odam ekanmi?))) – Ja unchalikmas. Chiroyli yigit ekanlar. – Sizga yoqganidan hursandman. – Mayli keyinroq gaplasharmiz. (Sal hijolat bo’votganini sezdim, yonida alp qomat Shuhrat turadiku man bilan gaplashib hijolat bo’midimi?) – Ha albatta. (telefonni Shuhrat oldi. Unda ham hayajon bor edi. Hayajonlanganda burni kattaligidan nafas olganda fishilab eshitilardi, hoziram fishilab turibdi, telni u olganini ushandan bildim) – Bo’pti G’oppor haliroq telefon qilib yuboraman. – Ha, ha bilaman tretiy lishniy.))) – )))) mayli. (telefonni qo’ydi.) Man hafa bo’madimu lekin hayron bo’ldim. Manga u bilan ko’rishishini etmagandi. Qarindoshlari bahona diydor g’animat ekande dib o’yladim. Bir soatlardan keyin Shuhrat hursand bo’lib telefon qildi. 5 qism Boshida olgim kemagandi. Negadir Lobarni ko’rinishi qanaqaligini bilgim keldi. Keyin shuhrotni qo’ng’irog’iga javob berdim: – Ha eshitaman, nima diysan? – G’oppor man Lobarni kuzatib qo’ydim. – Nima qilibdi?.... Ko’rinishi qanaqa ekan? – Ey vobshe zo’r narsekan. Chiroyli. Menga yoqdi. – Rostan! – Ha. Kiyingan kiymi ham o’ziga yarashib turibdi. Ko’ziga ochkiy taqib olgan. Qora rangli. – Nimalar didi? – Ko’p narsalar gaplashib o’tirdik. Keyin qarindoshlarinikiga ketdi, avtobusga chiqarib yubordim. – Nega o’zi sani oldinga keldi? – Meni ko’rgani keldida. Bo’lmasa nega kelardi. – Chaqirumiding? – Yo’q o’zi telefonda gaplashyotganimda aytdi kelaman dib, Keyin mwn chiqib kutib olaman didim. – Bo’pti mayli. O’zinn tinchmisan. Hursand bo’ldingmi? Bo’pti. – Nega unaqa deyapsan? Gaplaring g’alati. – Hop gaplashamiz mani chaqirib qolishdi. (telefonni qo’yib qo’ydim) Nimagadir manga Lobarni Shuhrat bilan uchrashgani yoqmayotgan edi. O’zimga o’zim savol berardim. Nega man bilan uchrashmasdan u bilan uchrashdi? O’zi boshida man bilan uchrashmaganiga hursand bo’layotgan edim. Keyin Shuhrat bilan uchrashganiga rashkim keldimikan. Rashk? Nega man uni Shuhratdan rashk qivoman. Ey bo’magan gaplarni qo’ysamchi? Manga prost alam qivoti. Man bilan uchrashmasdan Shuhrat bilan uchrashgani, keyin u manga Shuhrat bilan uchrashmoqchi ekanini etmadi. Mana shu sabab manga alam qivoti. Lekin Shuhrat chiroyli qiz ekan didimi? Qora ochki. Hmm. Mani kollejdagi Zarinam ham qora ochki taqib yurardi. U ham chiroyli edi. Lobarni rasmini ko’rganimda Zarinaga o’xshatgandim. Balki shunga Lobar bilan gaplashayotgandirman. Tog’ri Zarinani sevmasdim, lekin yoqtirardim. Rostan ham rasmi o’xshardi. O’zini bilmadim. Qanaqa ekana o’zi? Nega man bilan ko’rishishni hohlamadi. Bo’ldi ey undan boshqa qiz yo’qmi bo’tda? Gaplashmiman boshqa! Tel qisa ham omiman. (Nimagadir shu yerda man uni Shuhratdan rashk qilayotganimni sezdim). 6 qism. Ko’p o’tmasdan telefonim vibratsiya berib jiringlab qoldi. Qaradim. <<>> vizivayet dib yozuv turibdi. Olmadim. Yana qildi, omasdan qizilni bosib o’chirib qo’ydim. Vam zvonili keldi keyin. Udalit qivordim. Keyin Lobardan SMS keldi: "Nega telefonni olmayapsiz? Bilaman siz bilan ko’rishmay Shuhrat bilan ko’rishganimgada. Siz bilan ham ko’rishmoqchi edim, ammo oldimda bir tanishim bor edi. Tel qisam oling hozir. Ok” degan mazmunda. O’qib mayli kechirdim didim o’zimga o’zim. Keyin telefonim jiringladi. Lobar ekan. Telefonni oldim. Chunki manga uni qanaqa qilib tushuntirishi qiziqtirvotgan edi. – Allo – G’oppor aka nega telni olmayapsiz? – Olgim kelmadi. – Nega? – O’ziz bilarkansizu. So’rab nima qilas? – Yo’q. Siz bilan ko’rishmoqchi edim. Oldimda bir tanishim ham bor edida. Shunga siz bilan ko’risha olmadim. – Shuhrat bilan ko’rishvotgan paytda tanishiz bikinib turdimi? – Yo’q u boshqa yoqga ketgan edi. Biz bir joyga ketayapgan emasdik. – O’zi nega Shuhrat bilan ko’rishdiz? – U iltimos qildi. Borishimni aytgandim. U bekatda kutib turaman dedi. Men hop dedim. – Keyinchi? – Ko’rdim. Keyin u sizga tel qildi. – Undan keyin 1 soat nima qildila ikki yosh? – Men avtobusga chiqib ketdim. Ko’p turmadim. – Shuhrat manga 1 soat gaplashdim didiku – Aldabdilar sizni. Men ko’p turmadim. 10 min ham turmadim oldida. – Hop. Mayli mani ishim yo’q nima qilishiz bilan. Keyinroq gaplasharmiz. Mani chqirib qolishdi. – Mayli sog’ bo’ling. Shu telefondan keyin manda unga nisbatan nimadir paydo bo’ldi. Man uni shunday qilayki. U azobda qolib keyin qiynalsin. Mani eslab umrini o’tkazsin. Man o’zgarib uni shunday qilaman endi. O’zimni o’zim tanimay qoliy. U mani aldadimi hali man uni aldayman. O’zimni unga sevadigan, umidvor qilib ko’rsataman. Mani kim u yosh ola dib o’yladimi? Yaqinda Shuhrat bilan gaplashmiyapman digandi. Man hisiyotlarga berilib ko’zim ko’r bo’lib shu qizni, hali ko’rmagan qizni yashshi ko’rib qovotgandimmi hali? Man hich kimni sevmiman. Hech qachon. Man qizlarga ishonmiman. Bittasig ham. Endi man qizlarga avliyo bo’lib ko’rinaman. Lobardakadan 10 tasini qon qaqshataman. Ular mani sevib, yoqtirib qiynalsin. Mani nomard dib etsalar ham mayli. Man oldimga birinchi maqsadim Lobarni azoblash. Sevgi olovida kuydirish. Ertadan missiyani boshlaymiz. 7 qism Ertalab ja boshqqacha turdim. Man bugun Lobarga tel qilib yalinmiman. U manga qisa omiman. Bu 1 urinish man uchun. Kutaman hozir tel qiladi. Har doimgi tel qiladigan vaqti bo’ldi. Mani "budilnikim” bo’b qogan oxirgi paytlar. (3-4 kundan tashqari). Mana nokia tune ham eshitilib qoldi. Iya boshqa ekan. Cho’rt. Manga yoqmidigan odam. Bir kun bo’sh bo’lsam qulpine chopig’iga chaqiradi. Keyin termiga, keyin o’rimi. Hozir nimaga ekana? Olmasam yugirib chiqadi. Ana tel qilib yurib kevotilar. Gap boshlidilar hozir har doim bir hil zapis. – G’opporjon uydamisiz. Chiqib qarashib yuboring. Qulpinega bormasak bo’lmaydi. Ertaga yomg’ir yog’sa qiynalib qolamiz (qiynalib qolaman disalar ham bo’lardi). Do’stingiz ishga ketuvdi, Ushanga sizni uyda bo’las dib chiqdim. Qarashasiza? (Bu safar nimagadir shu gaplarni ular bilanbirga oq’shilib hatosiz etdim.) Keyin man etdim ularga: – Amaki yozda qanaqa yomg’ir, havoda bitta ham bulut yo’qku. Yoki radiodan eshitdizmi? Sharqdan g’arbga esayotgan shamol yo’nalishini o’zgartirib, Sizni dalangiz ustida yo’mg’ir qo’shiqchilarini o’ynatib , terlatib suv tushiradimi? – Hazilni qo’ysangizchi. Hosil bo’lsa birga o’tirib , yiymiza. (har yili shu va’da, ish bo’lsa kel-kel, hosil pishsa tur yo’qol) – Hop diyrdimku..., lekin boradigan joyim bor. – Qattga borasiz ertalabdan? Uni ustiga bugun yakshanba. – Manmi, man (telefonimga qarab qo’ydim) , man uchrashuvim bor. Sevgan qizim bilan! (negadir kallamga shu fikr kelib qoldi.) – Ex nima qilasiz halitdan uchrashuvga chiqib, hali ko’p chiqas. Dalaga chiqb mazza qilib, toza havoda ishlagani nima yetsin. – To’g’rikuya, lekin u mani kutvotide, Hozir tel ham qilib qoladi (Aldab bulardan qutilmasam, dalada mani kuchli "quloq og’rig’i” bo’lishi kutilayotganedi. ) – Bir borgiz kemayapganini sezib turibmande. Telepon qiling man gaplashaman qiziz bilan. Man tushuntiraman. Shu payt Lobar tel qilib qoldi. Man olmoqchi emasdim. Ular qo’limdan chaqqonlik bilan tortib oldilar. Qaysi kinopkalarini bosdilar bilmadim. O’zi telefonni T harfini ham tushuna olmidilar. Telefondan Lobarni qo’ng’roqdek quloqni qomatga keltiradigan ALLO digan ovozi keldi. (Manimcha gromka govoritelni ham bosib yubordilar). O’ylab o’tirmasdan shoshib Allo didilar. Ular qo’larida ushlab gaplashvotilar, bechora tel qo’larida qo’llari bilan qaltirardi. Shunaqangi gapirardilarki telefon telefon bo’ganiga achinib ketardi. Mani nazarimda hozir telefon chiday olmi tushib ketadi yoki portlab ketadi. Yo’q unaqa bo’madi. Telim chidamli ekan. Qo’limga qaytib berdilar. Telefonim ulardan oganimda chang bo’lib ketgan edi. Qo’lari ham chang ekan qaramabman. Manimcha uyda ham ish qilib chivotgan bo’lsalar kerak. Lobarga nimalar deganlarini alas alas esladim. Adashmasam Lobarga mani uchrashuvaga boromidi, Kutmang, Sizni sevarkan ushnga bormoqchikan, uni kutmang, kechroq o’zi telefon qilarkan (mani nomimdan man etmadim ham hali, uje taqdirimni ham hal qilib qo’ydilar). O’ylab qoldim. Mani rejam endi nima bo’ldi. 1 rejam qulpinaychi amaki tomonidan yakson etildimi endi. Amaki ko’zimga shunaqngi yomon ko’rinib ketdiki, Ko’zimga bir INDES bo’lib ko’rindilar. Qo’laridagi ketmon ko’zimga uchi zaharlangan nayza bo’lib ko’rindi. Yuzim bujmayib lablarim to’lqin bo’lib bir birga borib keldi. Ko’zimdan yosh miltirab ko’rinib. O’g’zimdan VAAAAAAAA digan sado chiqdi. O’zimni qatga qo’yishni bilmadim. U yoqdan buyoqga yurardim oyog’im uchi bilan yerni tepib tepib olardim. Amakini yuziga qarasam hich qanaqa mimika yo’q. Shunaqa odam ham bo’larkande. Ular mani ko’rib nima qilsihlarini bilmadilar. Keyin turib turib mayli man keyinroq chiqarman, hali ishim pishmadi dib chiqib ketdilar. Man orqlaridan zato mani ishimni "pishirib ketdiz” dib baqirdim. Ketmonlari qoganakan. Orqlaridan 2 reys bilan uchirish niyatini ham qilgandimam. Qaytib kelib "Uchar” ketmonim qolib ketibdi dib olib ketdilar. Man qoldim endi 2 urinish qanaqa bo’larkan dib. Endi Lobarga tel qimasam bo’lmasdi. 2 urinishni keyin o’yliman. Telefonni olib gudok yubordim. Bitta gudok ketmadan Gudook o’rniga irshygan ovoz eshitildi. (Axir man uni sevishimni qulpinaychi amaki etib berdilar). Man uhhh didim. – G’oppor aka qalesiz. Nega boya telefonni o’zingiz olamadiz? – Yonimga yordamchi oludim. Telefonimga javob berishga. Nima sizni hafa qildimi? – Yo’q. Nega? Shunchaki hayron qoldimda. Man sizni ovozingizni eshitmoqchi edim. – Mana hozir eshitvosizku! Bundan keyin yana ham ko’proq eshitas. Maylimi? – Voy jonim bilan. Man faqat hursand bo’laman. – Siz hursand bo’lishiz uchun man jonimdan ham kechaman! – Hushomad qilayapsizmi? – Yo’q rostan. Man sizni sevamanku axir. – Hazillashayapsiz. – Ha hazillashdim. Lekin bu rost hazil. – Tushunmadim. – Tishunganizda yuzizdan bitta bo’sa ovolardim. – Uyaltirmeng. – Uyalganizda qizarib bir chiroyli bo’lib ketasiz. Man qattu sevib qolaman yana. – Ey boringe. – Qatga cho’lgami, sizni oldingizgami? – Ha keling yana. – Boraman. Sizni oldizga boraman. Faqat sizni oldizga. – Kelasizmi? – HA ey yo’q. Bilmiman. Bilaishga harakat qivomman. – Nimalar divosiz? – Qulog’izni yaqinlashtiring. – Nima? – Yaqinlashtirdizmi bir gap bor. – Ha. Tezroq ayting og’rib ketdi qulog’im. – MEN SIZNI SEVAMAN!!! SIZNI HECH KIMGA BERMAYMAN!!! (2 urinish tugadi. Endi 3 urinishni boshlash kerak. 8 qism. Bilmadimu shuni etganimdan keyin bir seskanib ketdim, man uni sevarmushman. O’zimam gaplarimga ishonib ketiy didim. Telni qo’ydimde shuni eslab kulvordim. Rosa kuldim. Etgan paytim uni o’zini tutishini tasavvur qililb o’zimga kelomimande. Hali bu sanga holvasi dimoqchi ham bo’lamanu, hali vaqtlide. Endi 3 bosqich rejalarini tayyorlaymiz. Kim manga yordam beradi? Hozircha hich kim. Faqat o’zim. 3 bosqichga 2 hafta yetadi. Bu haftada uni shunaqangi shirin so’zlar bilan qulog’iga lapshalarni ilayki, shunaqangi muomila qilayki. Agar buni onam eshitib qolsa shu mani o’g’limmi, shunaqa shirin gapiradigan bo’lganmi dib shubhaga borsinlar. Yahshi gapga ilon inidan chiqadi.. Tufe Yahshi gapga Lobar aqldan ozadi. HA HA Ha. Oxirgi paytda kalla deb atalmush qovoq yaxshi ishlavotti. 2 hafta ham o’tdi. Bu ikki hafta Lobarga unutilmas so’zlarni hadiya etdim. Slovarimda yo’q so’zlar ham unga yetkazildi. Shunaqangi hursand bo’lib ketdiki. Man rol o’ynavotganimam esimdan chiqib ketdi. Yahshiyam telefonimdagi zametka ogohlantiruvchi signal berdi "Vaqt tugadi” dib, keyin man sharta qizil kinopkani bosdim. Lobar hayr diyishga ham ulgura olmadi. Man gapirgan gapimni butun umr esidan chiqara olmidi endi. O’zini boshqalar oldida shunaqangi olib qo’yadi endi, nega diganda Toshkentdan yigit ortirgan, uning fikricha. Lekin chuchvarani tugvotganda yahshi tugmabdi, pisirganda ochilib ketib chuchvarasi o’xshamadi. Man uni hamma hayollarini buzib tashiman. Endi 4 bosqich rejaga o’taman. 4 bosqichda endi man uni tark etaman. Ha bo’ldi shuncha gaplashgani. Mani telefonimdan ancha centlarni ketqazdi. Gap sentlarda emas, uni qanchaligida diydiku donolarni donosi, o’qiganlarni o’qitgan bir donishmand insonni ustozi bo’lmish MAN. Endi telefonni raqamini 2 kunga o’chiramiz. Boshqa nomerlarimdan birini qo’yib turaman, u tusha olmiy qiynalsin. Shirn gaplarim sog’inib tel qiladi. Lekin shirin gaplar o’rniga boshqa gap "Telefon xizmat ko’rsatish doirasidan tashqarida” ni eshitadi. To’g’ri bu unga ko’p. O’zi buni ham eshitishi kerakmas. Faqat mani bir narsa oylantirvoti. Man uni 2 kun tinch qo’ysam, u Shuhrat bilan topishib olmasmikan. Ko’ramiz 2 kun o’tsin. 5 bosqichda hal qilamiz Shuhratni ham. 9 qism.

2 kun qanaqa o’tganini bilmadim. SIM kartamni sekin qo’ydim. Yondi telefon. Shu endi telefonga smslar kevoti.... tang’ir tung’ir bo’lib ketdi, shunchalik ham ko’p sms yozadimi. Bay bay oxirida kechirim ham so’rabdi. Nimaga kechirim so’ragan. Manga nima qildi u. Eslimiz. Yo’q hich narsa qimadiku. Mayli baribir kechirmimiz. Yana kechirm so’rabdi. "Hafa bo’madizmi”mush. Yig’ladim man hafa bo’lish tugur. Shunaqa ham sms bo’ladimi. Besababdan besabab hafa bo’arkanman. Sherlar kelibdi yana. Man endi shunga javob yozishim kerakmi? Arzimidi, o’zing yozmagansan she’rlarni. O’zing chin dildan yozganingda boshqa gap edi. SMS taxliliga o’tamiz yana tak, bunisi endi oritiqcha. "Manga tel qilib yuboring”. Tovba nega tel qilishim kerak. Iya Shuhratdan ham kelibdiku. Bu do’stimiz nima dibdilar. "Man Rossiyaga ishlagani ketyapman” dibdilar. Nega ketvoti? Ishlab yurudiku joyida. Bo’maptide oxiri. HAAAA. Lobar ushnga qo’zg’alib qolibdide. Vam zvonili ham keldi oxir bo’lib. Lobar 127 marta tel qilibdi. Shuhrat 12 marta. Yana kimlardir. Mana avtomatik tarzda 5 bosqich keldi. Endi Shuhrat yo’q. Man va Lobar dueli bo’ladi. Ko’ramiz qanaqa rol o’ynarkin endi.
1 soat o’tmasdan yana telefon qib qoldi. Oldim. Birinchi gapi manga nega telefoniz o’chiq degan savoli bo’ldi. Mani javobim oddiy qattan bilay bo’ldi. Qisqasi yana kechirim so’radi. Nimalardir didi. Idim sudim karochi gapi o’ng qulog’imdan kirib bez ostanovka chap qulog’imdan chiqib ketdi. Ha, ha dib turdim hayol boshqa yoqda. Mani boshqa ishga o’tqazishvotudi. Keyin unga ishda ozgina muamo bor keyin gaplashamiz dib qo’yib qo’ydim. Endi man ichkarida xonada ishlidigan bo’ldim. Qoravullik to’xtatildi. Yangi ish joyim yahshi. 10 kishilik jamoa. Ishchilarni nazorat qilamiz. Ofisda ishlashde gap. 3 qiz 7 bola ishlimiz. Kollektivda kamchilik yo’q. Qizlarimiz ham bir biridan go’zal. Ko’rib ko’zing quvnaydi. Odob ahloq 1000 bo’lib yotibdi. Umuman manga 1 tasi yoqdi. Orzuyimdagi qiz disa ham bo’lardi. Tanishib ham oldik yaqindan hamm bilan. O’zi mani tanishardi lekin man ularni yahshi tanimasdim. 1 ish kuni muofaqiyatli o’tdi. Keyin uyga qatdim.
Kech qolib ketdim. Uyga qaytayotgandim yo’da orqmdan mashina signal chaldi. Chetga qochdim. Yana signal. Qarab baqirmoqchidim qarasam qo’shnim Anvar aka ekan. Qorongida mani qanaqib tanidi bilmadim. Bu yerda nima qilib yuribdi hayronman. O’zi kechasi mashinasida aylangani ko’p chiqadi. Dardi og’ir: FARZAND yo’q... Mashinani to’xtatib "uygami o’tir dedilar”. Man o’tirib salom berdim.
– Voalekum assalom. Ha G’opporjon ukam nimalarni qorovullab qotirib kevossiz?
– Endi qorovul emasman.
– Iya bo’shatishdimi?
– Yo’q ofisga o’tqazishdi. Endi ichkarida ishliman.
– Ha unda yahshi. Ish joyin zo’r bo’lsa bitta g’aming kam degani. (mashinani bardachogidan sigareta olib tutata boshladilar)
– Shuni eting. O’ziz qayoqlardan?
– Har doimgi ish. O’zimni chalg’itish uchun aylanib yuribman. Xolangni vafotidan keyin chalgidigan hech narsam qolmadi. Ertaga man o’lsam tepkilab ko’madigan farzandlarim ham yo’q. Chalg’ish uchun mashinada ko’cha aylanib yuraman. Kim taksi to’xtatsa ushani bepul manziliga olib boraman. Qaragin. Shuncha mol dunyoyim bo’lim farzandim bo’lmadi. Xotinimni tuzata olmadim. Erta hayotdan ko’z yumdi. Oldida qancha orzulari bor edi. Ha mayli endi. Allohni irodasi. Taqdirda nima bo’lsa shu bo’larkande endi, nima ham qila olardik. (Qo’lidagi yarimi chakilgan sigaretani oynadan otib yubordi) Mana san hali yoshsan, oldinda qanchadan qancha orzularing bor. Bunga erisha olasan. Mandachi manda bittagina orzu FARZAND edi. Endi bu orzu armonga aylandi.
– Nega farzand asrab olmagansiz.
– Xolang ko’ngliga botmasin didim. U 10 yil yashab ajrashaman, siz boshqaga uylaning dedi. Man ko’nmadim. Uyiga ham ketib qoldi. Borib olib keldim. Bola asrab olishni istamas edi. Negaligini bilmadim. O’zidan mani sovutishga rosa harakat qildi. Lekin man chidadim. Hatto uyda o’zim ovqat qilib, o’zim kir yuvdim. Kamiga xotinimni kiyimlarini ham. Chidadim. Man uni qattiq sevardim. Uning uchun barcha narsaga tayyoridim. Oxiri uni o’zi chiday olmadi. Chiqib qo’limdan yuvayotgan kirni olmoqchi bo’ldi, bering derdi. Man bermasdim. Tahtadek qotib o’tirardim. Qilt etmasdim. U qo’limdan tortiqilab turg’azmoqchi bo’ardi/ man parvo ham qilmasdim, go’yo u yoqdek. Oxiri u chiday olmadi. Yig’ladi. Kechiring, man sizni tushunmabman. Kechiring, bunchalar qattiq sevishingizni bilmabman derdi. Mani ko’zlarimga yosh kelib ketdi. U mani ko’zlarimdagi yoshni ko’rib yanada qattiq ho’ngrab yig’ladi. Oldimda tiz cho’kim kechirim so’rardi. Man uni turg’azdim. Bag’rimga bosib yig’lama bo’ldi hammasi yashi bo’ladi. Man sandan hafa emasman. San mani o’ylab shunday qilding. Man sani tushundim, san aqilli ayolsan didim. Uzoq quchoqlab turdim ushanda. Qo’yib yuborganimda bir tutan sochi koylagimni tugmasiga qadalib yulinib tushdi. U hech qanday og’riq his qilmadi. O’yladim qalb og’rig’i oldida tana og’rig’i hech nima emas ekande dib. Usha soch tutamlarini hammon oldimda olib yuraman. (Mashinalaridan xotinlarini rasmini chiqardilar, u rasmda xotinlari jilmayib turardi. Va sochlari kokil bo’lib rasmdan chiqib turardi, bu shunday ishlangan ediki ko’rib hayratda qoldim. Hayotda ham shunday qilib kokil chiqarib yurardilar. Jonlidek sochlar o’sib turardi. Ko’chadan kirvotgan shamol soch tutamlarini yoyib rasmga boshqacha chiroy berardi.) Shu rasm bilan gaplashaman. Dardlashaman.
– Anvar aka ko’nglizga olmangku nega boshqaga uylanmagansiz ushanda?
– Etdimku sevardim dib. Qattiq sevardim. Undan boshqa ayolni hatto qo’lini ushlamaganman. O’rtoqlarim ham etardi, yana uylan dib. Xotinnim ham etardi, unda 2 xotinga uylaning dib. Ishonsang o’zi mandan beso’roq bir ayolnikiga sovchilikka boribdi. Xatto ko’ndiribdi ham. Lekin man rozi bo’lmadim. Borib ush ayoldan uzr so’rab keldim. Jannati ayol edi. Kasalik uni mandan erta ayirdi. Bormagan tabib, doctor qomadi. Chet elga ham olib bordim. Bari befoyda edi. O’limida oldin manga qarab boshqaga uylaning siz albatta farzand ko’rasiz dedi. Manga etgan oxirgi so’zi shu bo’ldi.
– Endi nima qilasiz?
– Shuni o’zim ham bilmayman. Nima qilishga boshim qotgan. Kuni yarmini ko’chada o’tqazvomman. Baribir chalg’imayapman. Hech kim yordam bera olmayapti manga. O’rtoqlarim ham uylan bo’ldi endi, qachongacha motam tutib yurasn diyishadi, opam bu yerda uylan dib qo’ymidilar. Man qanday qilib o’zga ayol bilan. Bilmadim, unuta olmayapman. Ko’chadagi hamma ayollar manga uni eslatadi. Uylanganim bilan u ayolni qanaqa qilib qabul qilaman. Man boshqasini seva olimimanku. Har kuni xotinimi ismini aytib uyg’onib ketaman. Har tushimda uni ko’raman. Tushimga kirib uylanig diydi. Man hop diyman. Mana yana ko’chada yuribman. Yoshimam 45 ga chiqadi yaqinda farzandli bo’lishim ham kerak. Onam bu yoqda nevarli bo’lishni istiman dib o’tiribdilar. O’zimdan o’tganini o’zim bilaman G’opporjon. Mana uyga ham kelib qoldik.
– Rahmat sizga, lekin suhbtimiz chala qoldide!
– Shu yerdamizku, gaplashamiz. Keling hozir gaplashamiz. Uyga marhamat.
– Kech bo’lib qoldi Anvar aka uydagilar hovotir olishadi. Boshqa safar.
– Hop mayli uydagilarga salom eting. (Mashinalarini garajga haydab kirib ketdilar, orqalaridan avtomatik tarzada garajni eshigi yopildi)

Man uyga kirib ovqatlandim. Keyin xonamga kirib o’yladim. Anvar aka qanday insonnlara. Mana haqiqiy savgi. Man nima qilib yuribman. Bosqichma bosqich bitta qizni hafa qilmoqchi bo’lib. Bo’ldi bosqichlar tugadi. Ertaga telefon qilib orani ochiq qilaman unga haqiqatni etaman. 10 qism

Ertalab vaqtim bo’lmadi tel qilishga, to’g’rirog’i hohshim bo’lmadi. Anvarakani gaplari manga qattiq ta’sir qilgandi. Ishga kayfiyatim tushib bordim. Yo’lda hich nimaga ahamiyat ham bermadim. Ishhonaga kirdim. Bugun ikkinchi kun. Qizlar kulib turib kutib olishdi. Mandan vaqtli kevolishgan ekan. Man 15 min oldin keludim. Ular mandanam oldin kelishibdi. Sho’tda yotib qolishganmi bilmadim. Manam qovog’imni ochib miyg’imda tirjaydim. Qalesilar dib hol ahvol so’ragan bo’ldim. Manga yoqgan qizni ismi Sayyora edi. U ham jilmayib turib:
- Yahshimiz. Nega buncha hafasiz.
- Yog’e nega unaqa divos, ko’rmayapsizmi? Kulib turibmanku!
- Ko’zlariz baribir siringizni sotib qo’yvotti.
- Manda hich qanaqa sir yo’q. Ko’zlarim o’zi shunqa.
- Kecha unday emasdiku. Yoki bizga qo’shilganizdan hafamisiz.
- Osmondan tushganmisiz. Qattan oldiz bunaqa gaplarni. Nega hafa bo’laman. Hafamasman hich kimdan. Ko’zim o’zi shunaqa. Tug’ma. Onamni qornidan shunaqa bo’b tushgan. )))
- Bilmadim. So’radimde. Namumcha jahliz burniz uchida turadi?
- Burnim uchidamas qulog’im uchida turadi. Ushanga sizni gaplariz qulog’imga jahilli bo’b eshitilvoti. ))))
- Biram gapga usta hazilkashakansize!
- Sizdan o’tib qatga ham borardim.
- Yana kulvosmi ustimdan?
- Yo’q ustizdanmas. Yonizdan kulvomman.)))

Nimagadir bu qiz mni o’ziga yaqin olardi. Yoki manga shunaqa tuyildimi? Har bir gapida jilmayib gapirishga harakat qiladi. Ko’zimdagi mungni ham sezdi. Ertalab uyda onam ham sezmagandilar. Bu qizni nimasiir bor. Mani o’ziga tortvoti.... Uffff telefon jiringlavoti. Hyolni beliga tepdi... Lobarku! Hozir ishdaman keyinroq o’zim qivoraman dib etvordim. Ish o’z nomi bilan ish. Qoidalarni buzmaslik kerak. Uni ustiga ma’sulyatli joy. Xato qilmasligim kerak. Keyin Sayyorani oldida qizlar bilan gaplashsam "qizi” borakan dib o’ylidi. Manga yoqgan qiz man haqimda yomon fikrga borishi yahshimas hozirdan.
Uyga kelayotganimda o’rtog’imnikiga kirib o’tishim kerak edi. Manga disk olib kegen dib etudi. Xozir o’zi uydamasakan. Telefon qiganimda 15 minutda kelaman o’tirib tur anaqisa Komyuterimni yoqib tayyorlab tur, ko’chirish kerak bo’gan narsalarni degandi. Hop dib uyiga kirdim. Odatda yaqin o’rtog’im bo’ganiga keyin yoshlikdan birga o’sib uyiga kirib chiqib yurganimdan taqillatmasdan eshikni ochib indamiy kirib boraverardim. Hoziram shunaqa qib eshikni ichkarisiga qo’limni tiqib ilingan temirini ko’tarib eshikni ochdim. Eshik ochildi, ichkarida chap tarafda qulpinaychi amakimni jonajon ketmonlari turardi. Chiroq yorug’ida tig’i yaltirardi. Ko’rib yurgim uvishib ketdi. Huddi hozir qorong’ida dalaga olib chiqib ishlatadigande. O’rtogg’im Dilshod uyda yo’qligi uchun qulpinaychi amakini ismlari etib chaqirdim. Hamid aka demasimdan o’tirgan xonalaridan chiqib keldilar. G’opporjondan boshlab qoldilar har doimdagidek. Dala ham esdan chiqmadi. Ertaga vaqtim bormi yo’qmi so’ramasdan ekologik toza havoga taklif qildilar. Man hop diyishdan o’zga yo’l topa olmadim. Keyin Dilshodni xonasiga kirib ketdim. O’zi uyligi 12-13 xonamiye ishqilib Dilshodga oxirgi uyni burchgidagi xona nasib aylagan. Xonasidan keyin qulpinaychi Hamid akani "ofislari (ishchi asboblar, turli ekinlar urug’i, umuman dala bilan bog’liq barcha narsa saqlanadigan xona)” joylashgan. Eshikdan kiraverishda bitta xona pustoy turadi. Undan keyin obshe ovqatlanib o’tiradigan, televizor turadigan xonaligi bor (boya Xamid aka ushatdan chiqib keludilar). Man Dilshodni xonasidagi kompiyuterni amallab yoqdim. Kompiyuterni komiyuterligi haqida o’zi haqi qolmabdi. Rasvoiy jahon bo’lib yotibdi. Hamid akani o’tirgan honalaridan ovozlari kelib turardi. Hamida aka o’larini bunaqa tutsalar ham baribir boshqacha odamlar. Uyim joyim, onam, bolam chaqam dib qanchadan qancha orzularidan voz kechganlar. Eshitishimcha chet elga taklif qilishgan ekan. Lekin ular onalarini tashlab ketishga ko’zlari qiymay rad etgan ekanlar. Mana hozir hamma narsalari bor. Bitta odamga nima kerak bo’sa hammasi. Bola chaqa nevara, uy joy hammasi. Ayniqsa "Yaltiroq ketmonlari”. Manga eshitilayotgan ovozlaridan nimadandir norozidek bo’lib tuyuldilar. Cho’ta nimadir nito edi. Ahamiyat berdim ovozga. Hamid aka etardilar: "Man alohida chiqb ketaman. Manga televizor ko’rsatmayapsanlar, serial ko’raman diysanlar, buyoqda bolalar to’paloni, o’zimga alohida uy quraman. Hovlini o’rtasiga, 2 etajli qilib, mani charchatvording” dib xotinlariga etardilar. Xotinlari kulib: "Voy voye, qachondan. Ana bo’sh hona borku ushanga chiqib yotvuring. Nevaralariz ham kirmaydi. HaHaha” dib gapirganlarini eshitdim. Albatta hazillashib gaplashishvotgandi. Lekin har bir hazilni ichida ham qandaydir ma’no borku dib o’ladim. Shuncha uyli honalari bor. Bo’lib chiqsa uydagi hamma a’zolariga bittadan hona to’g’ri keladi. Yana qanqa hona qurmoqchilar, boriga shukur qilmasdan diyrdim. Odamlar bor 1 xona uyda yashaydi "dom”da. Shu bir xona o’zi, xotini, 4 ta bolasi sig’adi. Shular ham noshukurlik qilmaydi. Ey Alloh berganingga shukur deydi. Boshpanam bor. Issiq sovuqdan asraydigan. Kelib oilam bilan yashayman. Yana manga nima kerak. Hammasiga shukur qilaman diydi. Boshqalarichi. Uy joyi yo’q. Kvartirama kvartira yurishadi. Oyiga zo’rg’a pul topishadi. Bir xillarida to’lay olishmaydi. Yana boshqa kvartiraga. Uni topa olmasachi. Qatga boradi. Ostanovkada yotadi. Ostonovka ham qishda bo’lamaydi. Sovuq. Ular orzu qiladi bunaqa 12 xonali uyni. Istaydi bir xonalikni iloji bo’lsa shuni. Lekin buni ular uchun iloji yo’q. Qattan topadi ilojini. Katta shaharga viloyatdan omad qidirib kelgan. Afsus ularni omad chetlab o’tgan. Balki qattadir kutvorgandir. Balki u uchun sinovdir. Bilmadim. Biladiganim u uchun uy kerak. Man o’zim yashayotgan sharoitga shukr qilaman.... Dilshod keldi.
- G’oppor o’tiribsanmi?
- Ha kutib o’tiribman. Kelarding?
- Mana endi 15 minut bo’ldiku.
- Shu 15 minutda man adengdan qancha gaplar eshitdim sani dib.
- Nima didilar?
- Bilasanu har doimgi gaplar. Dala, ketmon i tak dele.
- O’zing o’rganib qogansanku!
- Ha. Etimde.. ey kompiyuteringga nima bo’lgan. Yonishi bir qiyin.
- Ushanga sani chaqirdim. Telefoningni berib tur manikini puli tugab qolibdi,
- Hop ma ol. Faqat vip qivormagin.
- Nima 2 cent o’rtog’inga jalkami.

Chiqib ketdi. Man kopiyuterini to’g’rilab ichidan kerakli narsalarni topib yozdim. Virus bosib yotibdi bechora kompiyuterni. To’g’rilab bo’ldim chamasi yarim soatlarda. Dilshod kirib keldi. Hursand qo’lida mani telefonim. Ha desam. Lobar kim. Usha bilan gaplashdim telefon qilib qoludi. Zo’r qizakan. Manga muamilasi yoqdi. 11 qism.

Dilshodni qo’lidan telefonnimni olib qo’ydim.
– Dilshod nega mani telefonimda mani kontaktimdigilar bilan gaplashasan?
– Tel bo’lib qoludi oldim.
– Voy nimaga olasan?
– Nimaga olmasligim kerak edi?
– Vo’ hozir telefonni otvoraman sanga.
– Omasligin keragidi. "Ko’tarma” ib yozilgandiku!
– Ushanga qiziqdimde, o’zin qiziqtirib yozgansan. Ayb o’zingda. Nimaga gaplashmisan bu qiz bilan?
– Sanga nima? Gaplashamanmi yo’qmi?
– So’radide o’rtog’iz oxirgi paytda o’zgarib qolganlar dib.
– Voy hali yaqinam bo’b ketdilarmi? Ol nomerini san gaplashaqo (Telefonni unga uzatdim)
– Telefonini boshimga uramanmi? Davno yozvoldim.
– Ufff. Nega shunga kallam yetmadiya? Hop nima didi.
– Hich nima?
– Nima yarim soat bir biringni nafas olishingni eshitib o’tirmagandursanla? Nimadir digandir, hich bo’masa mani so’ragandir?
– Ha so’radi. Hozir telefoni manda didim. Kimsiz didim. Lobarman didi. Man dilshodman didim. Keyin u buda gap boshladim. Rosa gapirdi. Nega u bilan gaplashmayapsan?
– U uzoqda. Mani sevib qomasin divomman.
– Nega sevib qoladi?
– O’zidan so’ra. Manga shunaqa tuyuldi. Shunga o’zimni olib qochvomman.
– Ha. O’zi qanaqa qiz?
– Yomon qiz. Manga yoqmidi. Kimligini ham bilmayman. Ko’rmaganman.
– Ko’rmaganmisan hali bir birini?
– Yo’q
– Unda sani qanaqa qilib sevib qoladi.
– O’zidan so’ra. Balki yuragi serqiradir.
– Qiziq. Qanaqib tanishgansan.
– Adashib sms yozvorudim. Keyin mani o’ravoldi. Yengiltakde.
– G’oppor gaplaridan yengiltak qizga o’xshamayapti. San ko’rmaganakansan tem bole.
– Ko’rmagan bo’lsam ham bilaman. Anchadan beri gaplashaman man.
– O’zi yengiltekman dib sanga etdimi.
– Dilshod man bilamanu qanaqaligini.
– Manam sani qanaqaligini bilaman.
– Qanaqa ekanman.
– Sanga kimdir yoqmiy qosa yoki u boshidan yoqmasa. E umuman oganda boru san bilan gaplashgan hamma qizni yengiltak diysan. Ularda nima ayb.
– Ularni aybi man bilan gaplashgani.
– San qanaqa odamsana. Shundo qizni yengiltak divossan. Bo’ldi endi unut maktab paytni. O’tib ketgan narsa o’tib ketdi.
– Yo’q. Maktabni unuta olmayman. U yuragimda chandiq bo’lib iz qoldirgan. Hamma qizlar ushanaqa.
– U sevganing yoshlikda edi. Hamma ham hato qiladi.
– U man sevishimni bilardi. Atilatdan ustimdan kuldi. Bilib turib boshqa bilan yurdi. Hurmatim uchun mani oldimda usha xizalak yigitlari bilan shimishmasa bo’lardi. Yana bitta emas bir nechta ahmoq latta bolalar bilan yurdi.
– San unga sevishingni etmagansanu?
– Nima ustimdan kulvossanmi? Shunqaligini bilib turib etishim kerakmidi? O’zimni ustimdan o’zim kulishim kerak ekanda kamiga. Manda g’urur bor. Sanda bo’lmasa ham.
– Gap g’ururdamasku.
– Hop unda nimada ekan?
– San u birinchi kegan paytda yoqtirib qogan paytingda etganingda u bunaqa yurmasdi...
– Keyin san bilan shimishib, o’pishib, yalashib, yurardi dimoqchimisan?
– Rostanam uni shunchalar yomon ko’rasanmi?
– Ha. Nafratlanaman. Yo’q. Kim u manga? Undan nafratlanishimga ham arzimidi. Uni eslashni ham hohlamiyman. Keyin Lobar ham shuni toifasidan. Boshqa qizlar ham.
– Sani onging zaharlangan. Hamma qizlar sanga shunqa bo’b ko’rinadi. Bo’ldi endi ko’zingni kattaroq och. U paytlar o’tib ketdi. Hamma bir hil emas.
– Bilaman. Hamma bir hil emas. Huddi san bilan mani fikrim har hildek.
– Gapni boshqa yoqga burma, Lobarni nima maqsadda ushlab turibsan unda?
– Hech qanday maqsadim yo’q. U bilan orani ochiq qilmoqchiman. Man uni do’st dib bilishim mumkin. Keyin man uni qanqaligini ham bilmayman. Faqat telefonda gaplashganman. Umuman olib qaraganda do’st ham emasman. Shunchaki vaqt o’tkazish uchun gaplashganman. U nima sababdan gaplashgani bilmayman ham.
– G’oppor man bilaman! Gaplashganimda so’radim. Shunga sandan ham so’ravomman.
– Nimaga gaplashgan ekan? Qani etchi.
– U yoshligidan do’stlari kam bo’lgan ekan. Chunki bu yashayotgan joyiga ko’chib kelishgan ekan. Hozir ham do’stlari kam ekan. Shunga yolg’izlikdan telefon bilan ovunar ekan. Uni hamrohi yolg’iz telefon tushunvosanmi? San bilan faqat do’st bo’lish uchun gaplashgan. Boshqa narsa uchun emas. Yoki sendan unbu narsa so’radimi?
– Yo’q. Nima ham so’rardi?
– Ko’rdingmi? San o’zing ham etvossan. Hich narsa so’ramagan dib. Bu gaplashishni qanday tushunish mumkin unda.
– Man uchun vaqt o’tkazish u uchun bilmadim.
– U uchun do’st kerak. San ham u uchun do’stsan.
– Hop nega unda hayrlashganimda yig’lagan. Sevgan insonini yoqotgande.
– Bitta narsade. U sanga o’rganib qolgan. Sandan ayrilishni istamaydi.
– Ayrilishni? U bilan butun umr bo’la olmaymanku.
– Shunga ham yig’lgan. Qizlar ko’ngli nozik bo’ladi.
– Hop man endi nima qilay. U bilan yana orani ochiq qilaman disam yig’lasa.
– Gaplashib yurvur. Sandan nima ketti.
– Manga bundan battar o’rganib qolsa. Keyin unuta olmay yurvuradi. Bilasan man unga hech qachon uylanmayman. Onam qarshilik qiladilar. Keyin o’zim ham uni sevmaymanku!
– Onangni bilman. San hech kimni sevmasligini ham bilaman. Lekin u alaqachon o’rganib bo’gan. Nima ham derdim. Sekinlik bilan tark etasan endi. Yana o’zinga qaraginde.
– Hop man undan asta uzoqlashaman. O’zi ham sezmay qoladi. Birdaniga yoqolib qosam og’ir botishi mumkin. Hozir uyga chiqb telefon qilaman.
– Yahshi omadingni bersin.
– Bo’pti, man ketim. Kompiyutering tuzaldi. Kerak narsalarni diskka yozib qo’ydim.
– Rahmat G’oppor. Yana chiq.

Hop dib uyga chiqb chiqib ketdim. Mani bir narsa o’ylantirardi. Man hozir telefon qilib nima deyman. Unga qanday qilib tushuntirarman. (U haqidagi oldingi fikrlarim chalkashib ketdi. Uni oldingi tasavvurim bilan hozirgi yengi tasavvurim aralashib ketdi.) Juda ham qiyin vaziyatda qoldim. Mayli gaplashganda bir variyant kelar.... Telefon qildim. Uni telefoni o’chiq. Nimaga o’chiribdi. Hech o’chmasdiku....

Категория: Har-Xil | Просмотров: 22244 | Добавил: rasulzhon | Рейтинг: 4.0/3
Всего комментариев: 1
1 Niso(^_^)  
0
Bu hikoyani 3martta o'qiganman. Ohirigacha yoyilmapti.

Имя *:
Email *:
Код *:
Поиск
Календарь
«  Февраль 2012  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
272829
Архив записей
Mini chat
Друзья сайта
  • WWW.UZ-BOLAKAY.COM
  • WWW.UZ-BOLAKAY.COM
  • WWW.UZ-BOLAKAY.COM
  • <

    BY ADMIN -:- KAMOLIDDIN -:-Rasuljon -:- © 2024
    Бесплатный конструктор сайтов - uCoz