Ko'ngil og'rir sezdirmaydi dil,
Yurak yig'lar qilar iltijo.
Ko'zlarimga bir bora boqgil,
Muhabbatim ko'zlarimga jo
Hayajonga to'lganda dilim,
So'zga kelmay qoladi tilim.
Ko'zlarimga boqgil sevgilim,
Muhabbatim ko'zlarimda jo
Mendan hafa bo'lmagin biroq,
Nima desang qilaman bajo.
Faqat jonim ko'zlarimga boq,
Muhabbatim ko'zlarimda jo